Olov yoqish 400 ming yil avval paydo bo‘lgan — tadqiqot
2017 yilda topilgan pirit parchasi.
Britaniyada 400 ming yil avval neandertallar yoqqan olov izlari topildi. Nature jurnalida chop etilgan tadqiqot-maqolada ma’lum qilinishicha, Barnham yaqinidagi manzilgohda kuydirilgan loy bo‘lagi, yuqori haroratdan yorilib ketgan kremniy (chaqmoqtosh) boltalar va ikkita pirit parchasi topilgan.
Kuydirilgan loy o‘rmon yong‘inining oqibati emasligini tushunish uchun olimlarga to‘rt yil kerak bo‘ldi, deyiladi xabarda. Geokimyoviy tahlil u 700°C dan yuqori haroratda bir necha bor qizdirilganini ko‘rsatdi. Bu neandertallar chaqmoqtoshga pirit bo‘lagini urib, olov hosil qilishni bilganliklarini ko‘rsatadi.
Pirit bu manzilda uchramaydi, uning olov hosil qiluvchi xususiyatini tushungan neandertallar olis manzillardan keltirishgani taxmin qilinmoqda.
Shu paytgacha Fransiyada topilgan 50 ming yillik topilmalar olovni sun’iy hosil qilishning eng qadimgi dalillari hisoblangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter