Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dunyoda oltin narxi yangi rekordni qayd etdi

Dunyoda oltin narxi yangi rekordni qayd etdi

Comex ma’lumotlariga ko‘ra, oltin narxi yana rekord darajaga yetdi va bir troya unsiyasi uchun 4400 dollardan oshdi.

18-dekabr oqshomida qimmatbaho metall narxi 0,92 foizga oshib, bir troya unsiyasi uchun 4401,9 dollarni tashkil qilgan. So‘ngra oltin narxi bir unsiya uchun 4407,5 dollargacha tezlashdi.

Oktyabr oyi boshida Nyu-York tovar birjasida oltin narxi tarixda birinchi marta troya unsiyasi uchun 4000 dollardan oshdi. 15 oktyabrda esa dekabr oyidagi oltin fyucherslarining narxi yana ko‘tarilib, troya unsiyasi uchun 4200 dollardan (31 gramm) oshib ketdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring