Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Onkolog: kolbasa iste’mol qilish va chekishning zarari bir xil

Onkolog: kolbasa iste’mol qilish va chekishning zarari bir xil

Foto: «News-r.ru»

Rossiyalik onkolog Aleksandr Seryakov insonlarni kanserogen mahsulotlar zarari haqida unutmaslikka chaqirgan. Ta’kidlanishicha, ushbu mahsulotlar saraton kasalligini qo‘zg‘atuvchi bo‘lib xizmat qilishi mumkin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kanserogen moddalar qatoriga nafaqat sigaret chekish, balki dudlangan kolbasalar ham kiradi.

Bundan tashqari, Aleksandrning ta’kidlashicha, bu ikki mahsulot zarari taxminan bir xil, ba’zida kolbasa chekilgan sigaretadan ham xavfli bo‘lishi mumkin.

Shunday qilib, 50 g kolbasada butun sigaret qutisidagi kabi ko‘plab kanserogen moddalar mavjud.

Onkologning so‘zlariga ko‘ra, agar odam har kuni kamida 50 gramm xom kolbasa va boshqa kanserogen mahsulotlarni iste’mol qilsa, unda yo‘g‘on ichak saratoni xavfi 18 foizga oshadi. Nafaqat kolbasa, balki dudlangan barcha boshqa mahsulotlar ham xavfli. Turli usulda tayyorlangan konserva mahsulotlari, tuzlamalar ham inson salomatligi uchun zararli, deya ta’kidlaydi Seryakov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring