Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Davlat departamenti diplomatlarga chet el saylovlari haqida fikr bildirishni taqiqladi

AQSh Davlat departamenti diplomatlarga chet el saylovlari haqida fikr bildirishni taqiqladi

AQSh Davlat departamenti yangi siyosat joriy etdi — unga ko‘ra, amerikalik diplomatlar endi boshqa davlatlarda o‘tayotgan saylovlar haqida fikr bildirish yoki izoh berishdan tiyilishlari lozim. Bu haqda Reuters agentligi 2025 yil 17 iyulda xabar berdi.

Mazkur ko‘rsatmada ta’kidlanishicha, AQSh diplomatlari saylovlar bo‘yicha bayonot yoki ijtimoiy tarmoqlardagi izohlarni faqatgina ular AQShning tashqi siyosiy manfaatlari bilan “aniq va to‘liq ishonchli tarzda bog‘liq bo‘lgan” holdagina berishlari mumkin.

Qo‘llanmada aytilishicha, agar izoh berish zarur bo‘lsa, u qisqa, xolis va asosan g‘olib nomzodni tabriklashga qaratilgan bo‘lishi kerak. Shu bilan birga, saylov jarayonining qonuniyligi, adolatliligi yoki demokratik qadriyatlar haqidagi baholardan voz kechish tavsiya etilgan.

Shuningdek, saylovlar to‘g‘risidagi rasmiy bayonotlar faqatgina Davlat kotibi yoki Davlat departamentining matbuot kotibi tomonidan berilishi kerakligi belgilab qo‘yilgan.

Bu siyosat AQSh tashqi ishlar organlari tomonidan saylov jarayonlarini baholashda ehtiyotkorlikni kuchaytirishga qaratilgan. Reuters xabarida ta’kidlanishicha, bu harakat AQSh tashqi siyosatida betaraflikni ta’minlash va diplomatik munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 2024 yil mart oyida AQSh elchixonasi Rossiyada o‘tgan prezidentlik saylovlari haqida tanqidiy bayonot bergan edi. Unda saylov "mustaqil ovozlar keng ko‘lamda bostirilgan, muxolifat a’zolari qamalgan, o‘ldirilgan yoki mamlakatdan chiqarilgan" holatda o‘tgani aytib o‘tilgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring