Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oqdaryoda bir nechta savdo do‘konlari yonib ketdi

Oqdaryoda bir nechta savdo do‘konlari yonib ketdi

Bugun, 9-iyun kuni Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylashgan savdo do‘konlarida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Yong‘inga soat 03:56 da yetib borilib, soat 04:45da qurshab olingan va yong‘in soat 05:37da bartaraf etilgan. Yong‘inni bartaraf etishga 7 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji hamda yordamchi (kamaz) jalb etilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra yong‘in natijasida mebel, xo‘jalik mollari va oziq-ovqat do‘konlarining taxminan 200 kv.m maydonda shift, tom va jihozlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring