Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘rgangan ko‘ngil»: Andijonda fuqaro 8,5 ming dollar bilan ushlandi

«O‘rgangan ko‘ngil»: Andijonda fuqaro 8,5 ming dollar bilan ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Xo‘jaobod tumani bo‘limlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda muqaddam xuddi shunday jinoyati uchun sudlangan R.K. fuqaro O.A.ning ishonchiga kirib, unga tuman hududidagi 8 sotix zaxiradagi yer maydonini go‘yoki tuman kadastr bo‘limida ishlovchi tanishlari orqali rasmiylashtirib olib berish evaziga 8 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring