Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘rikzor» bozorini suv bosdi

«O‘rikzor» bozorini suv bosdi

Ijtimoiy tarmoqlarda «O‘rikzor» bozori hududida issiq suv trubasi yorilgani bo‘yicha videolar tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda barcha kommunal tizimlarda kuz-qish mavsumiga sinov-tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Xususan, issiq suv trubasi yorilgan ushbu bozor hududidan o‘tgan tarmoqda ham katta bosimda sinov ishlari olib borilayotgan bo‘lgan va magistral issiqlik tarmog‘ida quvur yorilishi kuzatilgan.

Ayni daqiqada mutaxassislar holatni bartaraf etish bo‘yicha ishlashmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring