Otabek Shukurov BAAdan Serbiya jamoasiga o‘tdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov faoliyatini Serbiyaning «Radnik Surdulitsa»da davom ettiradi.
Bu haqda klub ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida e’lon qildi.
30 yoshli futbolchi shu yozda AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatidan oldin Birlashgan Arab Amirliklarining «Baniyas» jamoasida o‘ynagan.
«Radnik Surdulitsa» hozirda Serbiya superligasida 14 ochko bilan 7-o‘rinda bormoqda. Peshqadam «Srvena Zvezda» 28 ochko bilan yetakchilik qilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter