Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘tgan yili o‘zbekistonliklar bank orqali 36,6 mlrd dollar sotib olgan

O‘tgan yili o‘zbekistonliklar bank orqali 36,6 mlrd dollar sotib olgan

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilda chet el valyutasiga bo‘lgan talabning umumiy hajmi 36,6 mlrd AQSh dollarini tashkil etib, 2021-yilga nisbatan 1,4 barobarga oshgan.

Bunda yuridik shaxslar tomonidan chet el valyutasiga bo‘lgan talab 2022-yilda 2021-yilga nisbatan 1,3 barobarga oshib, 27,7 mlrd dollarini tashkil etgan bo‘lsa, jismoniy shaxslarning chet el valyutasiga bo‘lgan talabi 8,9 mlrd dollarni tashkil qilgan (2021-yilda 4,6 mlrd doll.).

Qayd etilishicha, yurilik shaxslar tomonidan ichki valyuta bozorida chet el valyutasining asosiy qismi (56,6 foiz) ishlab chiqarish uchun asbob-uskunalar, tovarlar va xomashyo importi, 18,8 foizi xorijiy kreditlarni so‘ndirish, 20,8 foizi xalq iste’moli tovarlari va dori-darmon mahsulotlari importi, 2.1 foizi xorijiy investorlar daromadlarining repatriatsiyasi va qolgan 1,7 foizi boshqa maqsadlar uchun xarid qilingan

Shuningdek, hisobot davrida jismoniy shaxslar tomonidan tijorat banklariga sotilgan chet el valyutasi miqdori 11,9 mlrd dollarni tashkil etgan.

«Bu o‘z navbatida, ichki valyuta bozorida qo‘shimcha taklif manbai bo‘lib xizmat qildi», – deyiladi MB ma’lumotnomasida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring