Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oxirgi 3 yilda 2 mingdan ortiq shaxs ota-onalik huquqidan mahrum qilingan

Oxirgi 3 yilda 2 mingdan ortiq shaxs ota-onalik huquqidan mahrum qilingan

2021-yilda voyaga yetmaganlarga nisbatan sodir etilib, tergov qilingan jami jinoyat ishlari soni 1 831 tani tashkil qilgan bo‘lsa, mazkur ko‘rsatkich 2022-yilga kelib 2 194 taga yetgan.

Bu haqda Adliya vazirligi ishlab chiqqan bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga doir qonun loyihasida ma’lum qilinmoqda.

Bolalarning jinsiy erkinligiga qarshi esa 2021 yilda 334 ta va 2022 yilda 395 ta jinoyat ishlari tergov qilingan bo‘lib, ushbu turdagi jinoyatlar voyaga yetmaganlarga nisbatan jami sodir etilgan jinoyatlarning o‘rtacha 18 foizni tashkil qilmoqda.

Oxirgi 3 yilda 2 072 nafar shaxs sudlar tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan. Shundan 1 777 nafari yoki 86 foizi ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgan bo‘lsa, 23 nafari ota-onalik huquqini suiiste’mol qilgan, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lgan, kuch ishlatgan yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatgan.

Qayd etilishicha, bugungi kunda 1,5 mingdan ortiq bolalar mehribonlik uylari, «Muruvvat» uylari, bolalar uylari va tutingan oilalarda tarbiya olishmoqda. Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar va talablarga ko‘ra ushbu bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etish xavfi yuqori hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring