Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zagroinspeksiya» inspektori pora bilan ushlandi

«O‘zagroinspeksiya» inspektori pora bilan ushlandi

Foto: Xabar.uz

«O‘zagroinspeksiya»ning Nishon tumani bo‘limi katta inspektori R.Sh. fuqaro O.B dan o‘ziga tegishli traktori uchun texnik hujjat rasmiylashtirib berish evaziga 3 mln. so‘m pora talab qiladi.

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, u shundan 1 mln. so‘mini oldindan olib, 3 mart kuni qolgan 2 mln so‘mni olayotgan prokuratura va Departamentning viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan JKning 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring