O‘zbek startapi Shveysariyada 1 million dollar uchun kurashadi
18-may kuni O‘zbekistonning eng yaxshi 11 startapi orasidan Shveysariyada bo‘lib o‘tadigan «SeedStars Global Summit»da mamlakat sharafini himoya qiluvchi loyiha tanlab olindi.
«SeedStars Tashkent»da finalchilar o‘z loyihalarini xalqaro hakamlar e’tiboriga havola qilishdi. Tanlovda «Express24» yegulik yetkazib berish servisi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Endi «Express24» startapi mamlakat g‘olibi sifatida Shveysariyadagi tanlovda qatnashadi va 1 million AQSh dollari yutib olish imkoniga ega bo‘ladi.
«SeedStars Tashkent»da ikkinchi o‘rinni «LeBazar» internet do‘koni, uchinchi o‘rinni «BILLZ» loyihasi egallagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter