Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasman: O‘zbekiston aholisi soni 39 mln nafardan oshdi

Rasman: O‘zbekiston aholisi soni 39 mln nafardan oshdi

Illyustrativ foto

Ayni vaqtda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalariga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda.

Matbuot anjumanida ma’lum qilinishicha, ro‘yxatga olishning dastlabki natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston aholisi soni 39 047 321 nafarni tashkil etdi.

Joriy statistik hisob-kitoblar bo‘yicha ushbu ko‘rsatkich 38 236 704 nafar edi. Farq 810,6 ming nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, aholi soni 1989-yildagi ro‘yxatga olish natijalariga nisbatan 2 barobarga oshgani ma’lum qilindi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring