Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston alamli mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

O‘zbekiston alamli mag‘lubiyatdan qutulib qoldi

KONKAKAF chempioni Meksika bilan shiddatli kechgan bahning so‘nggi daqiqalarida O‘zbekiston terma jamoasi alamli mag‘lubiyatdan qutilib qoldi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Otabek Shukurov shedevr gol muallifi bo‘ldi.

Uchrashuvda vakillarimiz nomdor raqibiga qarshi chiroyli o‘yin ko‘rsatishdi. Hujumda Eldor Shomurodovsiz o‘ynagan jamoamiz hisobni birinchi bo‘lib ochishdi. Bobur Abduholiqov bosh bilan Ochoa darvozasini nishonga oldi. Meksika darhol javob qaytardi – himoyadagi xatomizdan APLda to‘p suradigan Raul Ximenes unumli foydalanib ketdi.

Tanaffusga baribir biz hisobda ustunlik bilan chiqib ketdi. Tezkor qarshi hujumga Aziz Turg‘unboyev chiroyli zarbasi bilan nuqta qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘lim oxirlarida yana himoyadagi xato va omadsizlik tufayli Meksika ketma-ket ikkita gol urib, hisobda oldinga o‘tib oldi. Alamli mag‘lubiyatdan Otabekning jarimadan kiritgan gol qutqarib qoldi.

Meksika — O‘zbekiston 3:3

13 sentyabr. Atlanta. «Mersedes-Bens» stadioni

Gollar: Raul Ximenes (21, 80), Uriel Antuna (88) — Bobur Abduholiqov (18), Aziz Turg‘unboyev (45+1), Otabek Shukurov (90+2).

O‘zbekiston: O‘tkir Yusupov, Farrux Sayfiyev, Otabek Shukurov, Odil Hamrobekov, Jaloliddin Masharipov (Abror Ismoilov, 77), Aziz Turg‘unboyev, Umar Eshmurodov, Abdulla Abdullayev, Bobur Abdiholiqov (Oston O‘runov, 70) Dilshod Saitov (Sherzod Nasrullayev, 46) Husniddin Aliqulov.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring