O‘zbekiston bilan Nokia hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda
O‘zbekiston Respublikasi AKT vazirligi delegatsiyasining Barselona (Ispaniya Qirolligi)da bo‘lib o‘tayotgan «MWC Barcelona-2022» Jahon mobil kongressida ishtirok etish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov hamda Nokianing Sharqiy Yevropa, Turkiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha vitse-prezidenti Demetrio Russo bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda telekommunikatsiya sohasidagi loyihalar doirasidagi hamkorlik qilish, shu jumladan, tajriba va texnologiyalar bilan almashish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, internet infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha «O‘zbektelekom» AK va Nokianing qo‘shma loyihalariga texnik ko‘mak ko‘rsatadigan Toshkent ofisida texnik va muhandislik xodimlarini kengaytirish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda ta’kidlaganidek, bugungi kunda O‘zbekistonda raqamli islohotlarni amalga oshirishda ustuvor vazifalaridan biri AKT sohasida yoshlarning salohiyatini hayotga tatbiq etishdir. Shu bois mahalliy yoshlarni ishga joylashtirish orqali BPO va KPO xizmatlarini rivojlantirish loyihalarini amalga oshirishda Nokia kompaniyasining bevosita ishtiroki masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, kompaniyaning 2022-yil 24 – 26-oktyabr kunlari «ICTWeek Uzbekistan» (AKT xaftaligi) doirasida bo‘lib o‘tadigan xalqaro raqamli forumdagi ishtirokini taminlash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter