Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston bo‘ylab kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni pullayotganlar ushlandi

O‘zbekiston bo‘ylab kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni pullayotganlar ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahri bo‘limi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan A.Yu. 197 dona inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarini Andijon shahriga sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlanib, undan ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.  

Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro A.A. fuqaro Sh.S.ga 50 dona inson ruhiyatiga kuchli ta’sir qiluvchi “Zardeks” nomli dori vositasini 3,7 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring