O‘zbekiston elchisi Misr prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi

Kecha, 31-mart kuni O‘zbekistonning Misrdagi Favqulodda va Muxtor elchisi Mansurbek Qilichev Misr prezidenti Abdulfattoh As-Sisiyga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Tantanali tadbir Qohiradagi «Al-Ittihodiya» prezident saroyida bo‘lib o‘tdi.
Ishonch yorliqlarini topshirish marosimida faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston elchisi sharafiga davlatimiz madhiyasi yangradi.
Qisqa suhbat chog‘ida Misr rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyevga o‘zining samimiy salomi va ezgu tilaklarini yo‘llab, Misr tomoni O‘zbekiston bilan barcha sohalarda do‘stlik va hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish hamda mustahkamlash istagini yana bir bor bildirdi.
O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, Misr prezidentining 2018-yil 4-5-sentyabr kunlari mamlakatimizga rasmiy tashrifi chog‘ida oliy darajadagi muzokaralarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter