Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi fuqarolarni ogohlantirdi

O‘zbekiston elchixonasi Isroildagi fuqarolarni ogohlantirdi

Isroil Davlatida istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantirildi.

Isroildagi elchixona, jumladan, «mamlakatdagi hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining Isroil Davlatidagi Elchixonasi barcha fuqarolarni shaxsiy xavfsizlik choralariga jiddiy e’tibor qaratishga» chaqirmoqda.

Elchixona bayonotida mintaqada xavfsizlik holati tez o‘zgarishi mumkinligi sababli, quyidagilar tavsiya etildi:

  • Isroil rasmiy idoralari va mahalliy hokimiyat organlarining xabar va ko‘rsatmalariga amal qilish.
  • Ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan joylarga borishdan va odamlar gavjum hududlarda uzoq vaqt qolishdan saqlanish.
  • Sayohat va harakatlanishni rejalashtirishda ehtiyotkorlikka rioya qilish, ayrim hududlarga safarni vaqtincha kechiktirishni ko‘rib chiqish.
  • Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni doimo o‘zi bilan olib yurish hamda yaqinlari bilan doimiy aloqada bo‘lish.

Elchixona bilan bog‘lanish uchun:

  • 03-672-2466
  • 03-672-2371
  • 03-758-5075
  • 03-758-5076

Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun:

  • +972 54 485 1397

Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz

«Iltimos, vaziyatga jiddiy yondashing va xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qiling», – deyiladi bayonotda. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring