O‘zbekiston energetika bozoriga Ozarboyjon kompaniyasi ham kirib kelyapti

O‘zbekiston Ozarboyjonning SOCAR kompaniyasi bilan Ustyurtdagi konlarda qidiruv o‘tkazib, neft qazib olish bo‘yicha kelishuvga erishgan. bu haqda energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Kecha, 21 iyul kuni Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan neft-gaz sohasida xorijiy hamkorlar bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga bag‘ishlangan taqdimotda Prezident mavjud konlarda neft va gaz qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan. Xususan, Ozarbayjonning SOCAR davlat kompaniyasini istiqbolli uchastkalarda geologiya-qidiruv ishlariga jalb qilish, hujjatlarning tayyorligi va ishlarni jadallashtirish bilan bog‘liq vaziyat muhokama qilingan.
Vazirning aytishicha, mazkur taqdimotda mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitim joriy hafta oxiriga qadar imzolanishi rejalashtirilgan.
«Prezidentning davlat tashrifi chog‘ida Ustyurt mintaqasidagi konlarda neft qidirish va qazib olish bo‘yicha SOCAR bilan kelishuvga erishildi. Qisqa vaqt ichida barcha hujjatlar tayyorlandi va hafta oxirigacha [маҳсулотни] taqsimlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash rejalashtirilgan», – dedi Mirzamahmudov.
Shuningdek, davlat rahbari kelishuv doirasidagi ishlarni jadallashtirish, oylar kesimida va 2025 yil oxirigacha aniq vazifalarni belgilash bo‘yicha topshiriq bergan.
«Xorijiy hamkorlar bilan ishlarni byurokratik to‘siqlarni istisno qilgan holda yangi usul asosida olib borish rejalashtirilmoqda», – deya ta’kidlaydi Mirzamahmudov.
Ma’lumot uchun, 2024 yil avgust oyida «O‘zbekneftga» va SOCAR neft-gaz sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter