O‘zbekiston gimnastikachilari Jahon kubogi bosqichida 10 ta medalga ega chiqdi

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining uchinchi bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jami 10 ta medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Musobaqaning so‘nggi kunida o‘zbekistonlik sportchilar 1 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Oltin medal:
- Taxmina Ikromova — halqa bilan chiqish.
Kumush medallar:
- Anastasiya Saranseva — halqa;
- Anastasiya Saranseva — bulava;
- Taxmina Ikromova — to‘p;
- Taxmina Ikromova — lenta.
Bronza medallar:
- Guruhlik mashqlar — uchta to‘p va ikki halqa bilan;
- Anastasiya Saranseva — to‘p;
- Taxmina Ikromova — bulava.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi musobaqa yakunida jami ikki oltin, beshta kumush va uchta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter