Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Green Card g‘oliblari soni bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Green Card g‘oliblari soni bo‘yicha 1-o‘rinni egalladi

Green Card-2025’da eng ko‘p yutuqni o‘zbekistonliklar qo‘lga kiritdi. DV-2025 Diversity Visa Program g‘oliblari statistikasini davlat kesimida e’lon qilindi

Qayd etilishicha, taxminan 131,060 nafar arizachi g‘olib bo‘lgan va ularga xabar berilgan bo‘lib, hozirda ular immigratsion viza uchun ariza topshirishlari mumkin.

Ro‘yxatda O‘zbekiston Osiyoda birinchi o‘rinni qayd etgan (5,564 nafar g‘olib), keyingi o‘rinlarda Eron (5,267 nafar g‘olib) va Afg‘oniston (4,009 nafar g‘olib) davlatlari o‘rin olgan.

MDH davlatlari ichida Qirg‘iziston va Rossiya ham yuqori natija ko‘rsatgan. Ukrainadan 4256 kishi g‘olib bo‘lgan. 

DV-2025 Diversity Visa Program Amerika Qo‘shma Shtatlariga kam migratsiya qiluvchi davlatlar fuqarolari uchun 203(c) bo‘limi asosida o‘tkaziladi va har yili 55,000 ta doimiy yashash vizasini taqdim etadi. 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring