Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Navro‘z munosabati bilan 50 foizgacha chegirmalar e’lon qildi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» Navro‘z munosabati bilan 50 foizgacha chegirmalar e’lon qildi

Foto:«Uzairways.uz»

«O‘zbekiston havo yo‘llari» aviakompaniyasi Navro‘z bayrami munosabati bilan 2019 yilning 21—24 mart kunlari mamlakat ichidagi reyslar yo‘lovchilarga chegirmalar taqdim etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, individual (yolg‘iz) yo‘lovchilar uchun 30 foiz, sayyohlik guruhlari (5 va undan ko‘p kishi), o‘quvchilar, talabalar, maxsus o‘quv kurslari tinglovchilari uchun 40 foiz, oilalar (2 va undan ko‘p kishi), ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, Chernobil AES avariyasini bartaraf etishda qatnashganlar uchun 50 foiz chegirmalar taqdim etiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring