Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston havo yo‘llari» talabalar uchun qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi (jadval)

«O‘zbekiston havo yo‘llari» talabalar uchun qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi (jadval)

Foto: «Xabar.uz»

«O‘zbekiston havo yo‘llari» talabalar uchun qulaylik va shart-sharoitlar yaratish maqsadida 7-yanvardan 9-yanvarga qadar Urganch, Buxoro, Namangan, Qarshi va Nukusdan Toshkentga qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ydi.

«Uzbekistan Airways» AJ quyidagi qatnovlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

7-yanvar

Toshkent – Urganch – Toshkent

Toshkent – Buxoro – Toshkent

8-yanvar

Toshkent – Namangan – Toshkent

Toshkent – Urganch – Toshkent (yo‘lovchi sig‘imi ko‘p bo‘lgan havo kemasi turiga almashtirildi)

Toshkent – Buxoro – Toshkent (yo‘lovchi sig‘imi ko‘p bo‘lgan havo kemasi turiga almashtirildi)

Toshkent – Nukus – Toshkent (yo‘lovchi sig‘imi ko‘p bo‘lgan havo kemasi turiga almashtirildi)

9-yanvar

Toshkent – Nukus – Toshkent

Toshkent – Buxoro – Toshkent

Toshkent – Qarshi – Toshkent

Toshkent – Urganch – Toshkent

Xabarga ko‘ra, aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan, «Uzbekistan Airways Sales» filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish, shuningdek, parvoz vaqtini ham bilib olish mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring