Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston ikki qo‘shnisi bilan suv-energetika tizimi ish rejimi borasida kelishib oldi

O‘zbekiston ikki qo‘shnisi bilan suv-energetika tizimi ish rejimi borasida kelishib oldi

O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston energetika va suv xo‘jaliklari vazirlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston tomonidan energetika vaziri J.Mirzamahmudov va suv xo‘jaligi vaziri Sh.Hamrayev ishtirok etgan. Shuningdek, Qozog‘iston energetika vaziri A.Satkaliyev, Qozog‘iston suv xo‘jaligi va irrigatsiya vaziri N.Nurjigitov va Qirg‘iz Respublikasi energetika vaziri T.Ibrayev hamda boshqa mutasaddi rahbarlar ishtirok etgan.

Shu bilan birgalikda ushbu uchrashuvda mehmon sifatida Ozarbayjon energetika vaziri o‘rinbosari K.Abbosov ham taklif etilgan.

Uchrashuvda mamlakatlar suv-energetika tizimining kuz-qish mavsumida barqaror ishlashini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, tarmoqlar ish rejimlarining grafiklari kelishildi.

Mazkur tadbirda tomonlar o‘rtasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan, «Qambarota GES-1» qurilishi loyihasining hozirgi holati hamda suv-energetika balansini muvofiqlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, uchrashuvda Xitoyning «CEEC» kompaniyasi vakillari bilan Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyatida «Chotqol» GES qurilishi yuzasidan o‘tkazilgan dastlabki o‘rganishlar va kelgusidagi rejalar muhokama qilindi.

Uchrashuv so‘ngida tomonlar o‘rtasida doimiy ishchi guruh yig‘ilishlarini o‘tkazib turish va loyihalarni amalga oshirish yuzasidan «yo‘l haritasi»ni imzolash taklif etildi hamda tegishli hujjatlar imzolandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring