O‘zbekiston «Inter» klubi akademiyasining rasmiy filiali ochilgan dunyodagi ikkinchi mamlakat bo‘ladi
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Italiyaning «Inter» klubi futbol akademiyasi bilan muzokaralar olib boryapti. Muzokaralardan ko‘zlangan maqsad poytaxtimizda «Inter» futbol klubi akademiyasining rasmiy filialini ochishga erishish, deb xabar bermoqda O‘FA matbuot xizmati.
«Inter» akademiyasi dunyoga mashhur futbol akademiyasi hisoblanib, o‘tgan yili akademiya tarbiyalanuvchilari Italiyada 15,16,17 va 18 yoshlilar o‘rtasidagi chempionatlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritishgan.
Ayni paytda butun dunyoda Italiyadan tashqari faqat Xitoyda «Inter» klubi akademiyasi rasmiy filiali mavjud. Buning sababi oddiy – klub aksiyalarining katta qismi Xitoyning «Suning Commerce Group» kompaniyasi hisoblanadi.
Agar muzokaralar muvaffaqiyatli yakuniga yetsa, O‘zbekiston «Inter» klubi akademiyasining rasmiy filiali ochilgan dunyodagi ikkinchi mamlakatga aylanadi.
O‘FAning maqsadi faqat o‘zbekistonlik futbolchilar uchun akademiya tashkil etish emas. Maqsad Toshkentda «Inter» klubining futbolchilar tayyorlash bo‘yicha O‘rta Osiyo mamlakatlaridagi markazini tashkil etish. Shuningdek, Italiyaning bolalar futboli bo‘yicha kuchli mutaxassislarini yurtimizga olib kelish va ularning boy tajribasidan unumli foydalanish ham rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter