O‘zbekiston jamoasi 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasini 4 ta medal bilan yakunladi

Dubayda bo‘lib o‘tgan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasida (IChO 2025) O‘zbekiston jamoa hisobidagi ko‘rsatkichi bilan o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qayd etdi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra terma jamoaning barcha a’zolari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi — 2 ta oltin va 2 ta kumush, jami 4 ta medal:
Daler Rahimov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal;
Mirjahon Muxammadov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — oltin medal;
Ibrohim Temurov — Toshkent viloyati, Olmaliq shahri Buxoro maktabi o‘quvchisi — kumush medal;
Biloliddin Zuxriddinov — Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi — kumush medal.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter