O‘zbekiston markaziy banki qozoq banki bilan hamkorlik bitimi imzoladi

O‘zbekiston Markaziy banki va Qozog‘iston Milliy banki bank nazorati sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzoladi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, tarixda ilk bor imzolangan hujjat tomonlarning o‘zaro bank bozoriga kirishi uchun huquqiy asos berib, ikki tomonlama bank hamkorligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Qozog‘iston Milliy banki saytida qayd etilishicha, mazkur bitim O‘zbekiston hududida transchegaraviy muassasalarni yaratish yoki ularga egalik qilish imkoniyatini taqdim etadi.
Buning uchun bir qator talablarga javob berish lozim. Jumladan bank filiali uchun eng kamida 100 mln yevro ekvivalentidagi tenge, transchegaraviy muassasa uchun esa 100 mlrd so‘m miqdorida nizom jamg‘armasi, shuningdek, «Standard & Poor’s» agentligining «B»dan past bo‘lmagan yoxud «Fitch Ratings yoki Moody’s» agentliklarining xuddi shu darajadagi uzoq muddatli kredit reytingiga ega bo‘lish talab qilinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter
Izohlar mavjud emas