Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston MDH o‘yinlarining navbatdagi kunida 23 ta medal qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston MDH o‘yinlarining navbatdagi kunida 23 ta medal qo‘lga kiritdi

MDH o‘yinlarining navbatdagi kunida O‘zbekiston delegatsiyasi jami 23ta medalni —7 oltin, 9 kumush, 7 bronzani qo‘lga kiritdi. Medallarning katta qismi boks va eshkak eshish turlarida qo‘lga kiritildi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjon mezbonlik qilayotgan III MDH o‘yinlarining navbatdagi kunida ham yuqori natija ko‘rsatib, 7 ta oltin, 9 ta kumush va 7 ta bronza medal qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.


Oltin medallar sohibi bo‘lgan sportchilar:

Behruz Rohataliyev — boks, -54 kg
Bobomurod Boymirzayev — boks, -57 kg
Dilshod Ahmadjonov — boks, -63 kg
Oybek Abdurahimov — boks, -70 kg
Xurshid Jo‘rayev — boks, -75 kg
Jamolbek Turg‘unov — akademik eshkak eshish, 1500 metr
Bekzod Boborajabov — kamondan otish, yakkalik turi


Kumush medallar egalari:

O‘tkirbek Norqosimov — boks, -46 kg
Azizbek Shokirjonov — boks, -50 kg
Otabek Nurmuhammadov — boks, -60 kg
Kamronbek Hamdamov — boks, -66 kg
Farhod Bahodirov — boks, +80 kg
Kamondan otish — ayollar jamoaviy bahsi
G‘ulom Qoraboyev — kanoe, 200 metr, U17
Sh. Hasanov / N. Reynavald — baydarka, 200 metr, juftlik, U18
Dzyudo — aralash jamoaviy dastur


Bronza medallar sohibi bo‘lgan sportchilar:

M. Kamalov / N. Saidqulova — 10 metrdan pnevmatik to‘pponchadan otish, mikst
J. Sohibov / M. Tohirova — 10 metrdan pnevmatik miltiqdan otish, mikst
Kamondan otish — erkaklar jamoaviy bahsi
Davlat Hamdamov — baydarkada eshkak eshish, 500 metr, U16
Ziyodbek Yo‘ldoshaliyev — baydarkada eshkak eshish, 500 metr, U20
Lazizbek Qo‘chqorov — akademik eshkak eshish, 1500 metr
G‘. Qoraboyev / M. Aripov — kanoeda eshkak eshish, 200 metr, juftlik, U17

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring