Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Procter & Gamble kompaniyasi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi

Procter & Gamble kompaniyasi O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi

Jahonning eng yirik kompaniyasi va xalqaro Olimpiya qo‘mitasining hamkori bo‘lgan Procter & Gamble O‘zbekiston Olimpiya qo‘mitasi bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.

Parij-2024 o‘yinlarining xalqaro hamkori hisoblanadigan Procter & Gamble kompaniyasi O‘zbekistondagi Olimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlaydi va shu sababga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qo‘mitasi (MOQ) bilan hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar imzoladi. Ushbu kelishuvga bo‘yicha Parij-2024 o‘yinlarida O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan ayrim sportchilar ham P&G kompaniyasining marketing tadbirlarida ishtirok etishlari ko‘zda tutilgan.

Turkiya, Kavkaz va Markaziy Osiyodagi P&G kompaniyasi boshqaruv Kengashi raisi Tankut Turnaoglu bu borada shunday dedi: «P&G nafaqat sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishga e’tibor qaratadi, balki samarali jamoat loyihalari orqali odamlar hayotini yaxshilash, o‘sish va yaxshilik uchun harakatlantiruvchi kuch bo‘lishga intiladi. Ijtimoiy tashabbuslarda biz birinchi o‘ringa qo‘yadigan asosiy yo‘nalishlardan biri bu shubhasiz sportdir, chunki P&G sifatida biz doimo sportning shifobaxsh va birlashtiruvchi kuchiga ishonamiz.

Olimpiya o‘yinlari butun dunyo tomosha qiladigan eng yirik sport tadbiridir. Global sherik sifatida biz birinchi marta 2010 yilda Vankuverda bo‘lib o‘tgan qishki Olimpiya o‘yinlarida Olimpiya halqalari yonida P&G logotipini taqdim etdik va hozirda 12 ta eng yirik global sheriklardan biri hisoblanamiz. Biz bugun O‘zbekistonda ushbu hamkorlikni kengaytirishdan faxrlanamiz, chunki sportning ham jismoniy, ham aqliy rivojlanish, jamiyat taraqqiyoti va sog‘lom avlodni shakllantirish yo‘lidagi ahamiyatini tushunamiz. Shuning uchun biz ishlayotgan hududlarda sportchilarni rivojlantirish va sport madaniyatini targ‘ib qilish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga intilamiz. Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining global hamkori sifatida O‘zbekiston Olimpiya harakatini qo‘llab-quvvatlab, mamlakatning sportdagi obro‘sini oshirishga o‘z hissamizni qo‘shmoqchimiz. Ishonchimiz komilki, terma jamoa Parij-2024 o‘yinlarida yuqori natijalar bilan barchamizni xursand qiladi».

O‘z navbatida, MOQ Bosh kotibi Oybek Qosimov bunday hamkorlik mamlakatimizda sportni rivojlantirishda katta muvaffaqiyat ekanini ta’kidladi: «Bugun O‘zbekiston Olimpiya o‘yinlari va xalqaro musobaqalarda erishgan yutuqlari tufayli jahon sport markazlaridan biriga aylanmoqda. Biz P&G kabi global kompaniyaning homiylik maqomi bilan bog‘liq barcha imkoniyatlar va majburiyatlarni yuqori baholaymiz. Kompaniya O‘zbekistondagi Olimpiya harakati g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlovchi qudratli kuchga aylanishiga ishonamiz. Bizning umumiy ustuvor vazifamiz – mahalliy sportchilarning yangi yutuqlar yo‘lidagi harakatlarini qo‘llab-quvvatlash, sport orqali dunyoni yaxshilashdan iboratdir. Biz doimiy rivojlanishimiz va muvaffaqiyat qozonishimiz uchun hamkorlarning o‘rni muhimdir. P&G‘ni asosiy hamkorlarimiz ro‘yxatiga ko‘rish muhim yangilikdir».

Procter & Gamble haqida ma’lumot
P&G butun dunyo bo‘ylab 5 milliardga yaqin istemolchilarga xizmat ko‘rsatib, ishonchli, sifatli va yetakchi brendlarning eng sifatli mahsulotlarini taklif yetadi. Jumladan Pampers®, Tide®, Ariel®, Head&Shoulders®, Always®, Pantene®, Fairy®, Oral-B®, Gillette®, Safeguard®, Venus®, Old Spice®, Lenor® tomonidan mijozlarga sifatli mahsulotlar taqdim etib kelinmoqda. P&G dunyoning 70ta mamlakatida faoliyat olib boradi. Qo‘shimcha ma’lumotlar olish uchun www.pg.com saytiga tashrif buyurishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring