Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston OTMlarida o‘qiyotgan xorijlik talabalar soni oshdi

O‘zbekiston OTMlarida o‘qiyotgan xorijlik talabalar soni oshdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan «O‘zbekistonda ta’lim sifatini oshirish  borasida  amalga  oshirilayotgan  ishlar  va istiqboldagi rejalar» mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Inspeksiya vakilining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston OTMlarida o‘qiyotgan xorijlik talabalar soni oshgan. Agar o‘tgan yili ularning soni 770 nafarni tashkil etgan bo‘lsa, bu  yil 3400 nafardan oshib ketdi.

Bunga asosiy sabab xorijlik fuqarolar o‘qishga test imtihonlaridan o‘tkazilib emas, suhbat orqali qabul qilinishi bo‘ldi.

Xorijlik yoshlar mamlakatimizda asosan IT-yo‘nalishida o‘qishni tanlashayotganini ham alohida qayd etish lozim.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring