O‘zbekiston prezidenti BNY bilan hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahriga tashrifining ishbilarmonlik dasturi doirasida «The Bank of New York» (BNY) kompaniyasi bosh tijorat direktori Katinka Valstrom bilan uchrashuv o‘tkazdi.
BNY — aktivlarni boshqarish, qimmatli qog‘ozlarni saqlash va ularga xizmat ko‘rsatish, davlat va xususiy moliyalashtirish kabi keng turdagi moliyaviy xizmatlarni taqdim etuvchi Amerikaning yetakchi bank-investitsiya guruhidir.
Bankning O‘zbekiston yirik korxonalarining yevroobligatsiyalarini chiqarish va joylashtirishga ko‘maklashish, shuningdek, O‘zbekiston bank-moliya sektorini rivojlantirish borasidagi rejalari qo‘llab-quvvatlandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter