O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston 1860 MVt quvvatli gidroelektr stansiya qurish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» imzoladi

Kecha, 6-yanvar kuni Bishkek shahrida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Qirg‘iz energetika vaziri Taalaybek Ibrayev va Qozog‘iston energetika vaziri Bolat Akchulakov tomonidan Qambarota-1 GES qurilishi loyihasi bo‘yicha «yo‘l xaritasi» imzolandi. Bu haqda Energetika vazirligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Tomonlar loyihani amalga oshirishning asosiy shartlari va zarur chora-tadbirlarni belgilab oldilar.
Mazkur GES nafaqat Qirg‘iz Respublikasini, balki Markaziy Osiyo mamlakatlarining elektr va suv ta’minotida muhim o‘rin tutadi.
Loyiha doirasida 5,4 mlrd kub metrga teng suv ombori va 1860 MVt quvvatli gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi. Natijada yiliga o‘rtacha 5,6 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2022-yil sentyabr oyida Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan ShHT sammiti doirasida ikki mamlakat prezidentlari tomonidan Qambarota-1 GES qurilishini tez fursatda boshlash muhimligiga alohida e’tibor qaratilgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter