Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston QK bosh shtabi sobiq boshlig‘i To‘lqin Qosimov vafot etdi

O‘zbekiston QK bosh shtabi sobiq boshlig‘i To‘lqin Qosimov vafot etdi

Foto: Mudofaa vazirligi

2000–2003-yillarda O‘zbekiston Qurolli kuchlari birlashgan shtabi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan general-polkovnik To‘lqin Qosimov 84 yoshida vafot etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.

To‘lqin Qosimov 1962-yildan 2003-yilgacha Qurolli kuchlar safida xizmat qilib, harbiy okrug qo‘mondoni, mudofaa vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston Qurolli kuchlari akademiyasi boshlig‘i hamda Qurolli kuchlar bosh shtabi boshlig‘i kabi lavozimlarda ishlagan.

Xizmatlari uchun I-II darajali «Shon-sharaf», «Qizil yulduz» va II-III darajali «Vatanga xizmati uchun» ordenlari hamda ko‘plab medallar bilan taqdirlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring