O‘zbekiston Ronaldu boshchiligidagi Portugaliyaga yutqazdi
O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliya terma jamoasiga qarshi o‘yini yakunlandi. Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi jamoa yirik hisobda g‘alaba qozondi.
O‘yinning dastlabki daqiqalaridanoq portugallar ustunlikni qo‘lga oldi. Krishtianu Ronaldu 6- va 39-daqiqalarda gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Yana bir golni 17-daqiqada Nunu Mendesh kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasi safida Azizjon G‘aniyev tomonidan urilgan gol VAR orqali tekshiruvdan so‘ng bekor qilindi — hujum vaqtida qoidabuzarlik qayd etildi.
60-daqiqada burchak to‘pidan uzatilgan to‘p himoyachi Abduqodir Husanovga tegib, darvozaga kirib ketdi. 87-daqiqada esa Rafael Leau ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Portugaliya – O‘zbekiston 5:0
Gollar: 1:0 – 6, Krishtianu Ronaldu (Joau Kanselu), 2:0 – 17, Nunu Mendesh, 3:0 – 39, Krishtianu Ronaldu (Brunu Fernandesh), 4:0 – 60, Abduqodir Husanov (avtogol), 5:0 – 88, Rafael Leau.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter