O‘zbekiston Rossiya shokoladini eng ko‘p sotib olayotgan mamlakatlar qatorida

Rossiya shokoladini eng ko‘p import qilayotgan mamlakatlar ma’lum bo‘ldi. BMT Comtrade platformasiga 13-iyul kuni joylangan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil yanvar-aprel oylarida Rossiya eng ko‘p shokoladni Qozog‘istonga eksport qilgan — $78,3 mln (6,1 mlrd rubl.)
Rossiya shokoladini eng ko‘p import qilayotgan mamlakatlar (top-10):
- Qozog‘iston — $78,3 mln
- Ozarbayjon — $23,4 mln
- O‘zbekiston — $21,4 mln
- Qirg‘iziston — $14,7 mln
- Gruziya — $8 mln
- Xitoy — $7,4 mln
- Armaniston — $5,7 mln
- Serbiya — $3 mln
- Moldova — $2,4 mln
- Germaniya — $2,1 mln.
Bundan tashqari, Rossiya shokoladi Belarus, Bolgariya, Isroil, Latviya, Saudiya Arabistoni va AQShga eksport qilinmoqda, deyiladi xabarda. To‘rt oydagi eksport jami qiymati $170,7 mln.ni tashkil etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter