Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston Tailandni yengib Osiyo kubogi-2023ga yo‘llanma oldi

O‘zbekiston Tailandni yengib Osiyo kubogi-2023ga yo‘llanma oldi

Foto: The-afc.com

Bugun, 14-iyun kuni Namanganda 20 mingdan ortiq tomoshabin yig‘ilgan stadionda O‘zbekiston terma jamoasi Tailand ustidan g‘alaba qozondi.

Uchrashuvning 8-daqiqasida Eldor Shomurodovning uzatmasini Jaloliddin Masharipov golga aylantirdi (1:0).

23-daqiqada Shomurodov ikkinchi golli uzatmasini amalga oshirdi, to‘p Azizbek Turg‘unboyevning aniq zarbasidan so‘ng darvoza to‘ridan joy oldi (2:0).

Uchrashuvda boshqa gol urilmadi. Srechko Katanets shogirdlari uch o‘yindan so‘ng 9 ochko bilan 1-o‘rinni egashdi va Osiyo kubogi-2023ga guruh g‘olibi sifatida yo‘llanma olishdi.

Tailand hisobida — 6 ochko (2-o‘rin) Maldiv — 3, Shri-Lanka — guruh autsayderi.

Osiyo kubogi-2023 saralashi. 3-tur

O‘zbekiston — Tailand — 2:0

Namangan, «Markaziy» stadion. 21 405 tomoshabin

Gollar: Jaloliddin Masharipov 8, Azizbek Turg‘unboyev, 23.

O‘zbekiston: 12. O‘tkir Yusupov, 8. Dilshod Saitov, 2. Umarbek Eshmurodov,  5. Rustam Ashurmatov,  4. Farrux Sayfiyev,  7. Otabek Shukurov, 9. Odil Hamrobekov, 19. Azizbek Turg‘unboyev (22. Oybek Bozorov, 52), 10. Jaloliddin Masharipov (15. Oston O‘runov, 66), 21. Igor Sergeyev (6. Sardor Sobirxo‘jayev, 66), 14. Eldor Shomurodov (11. Sherzod Temirov, 82).

Tailand: 23. Sivarak Tedsungen, 2. Sasalan Haipraxon, 4. Pansa Hemvibun, 15. Tanabun Kesarat, 19. Tristan Do, 3. Tiraton Bunmatan, 6. Sarach Yuyen, 8. Zitifan Puangjan, 11. Bordin Fala, 16. Fitivat Sukjitzammakul, 17. Chavvat Srinavong.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring