Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zbekiston temir yo‘llari»ning ikki xodimi pora bilan ushlandi

«O‘zbekiston temir yo‘llari»ning ikki xodimi pora bilan ushlandi

«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ xodimi – depo haydovchisi hamda «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJning vagon restorani menejeri pora bilan qo‘lga tushdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament bergan ma’lumotga ko‘ra, Departamentning Mirobod tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda, «O‘zbekiston» lokomotiv deposi haydovchisi A.U. (muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan) fuqaro N.ni tanishlari yordamida 2 000 AQSh dollari evaziga «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJga qarashli 1-sonli vagonlarni ta’mirlash deposiga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, oldindan 1 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Xuddi shunday, «O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ (boshqaruv huquqi korxonaning 51 foiz aksiyasiga egalik qiluvchi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJda) vagon restorani menejeri E.A. ham fuqaro M.ni tanishlari yordamida maxsus vagonga tozalovchi vazifasiga ishga kiritib qo‘yishi evaziga 400 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring