O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida foydali qazilmalar sohasida anglashuv memorandumi imzolandi
16-sentyabr, dushanba kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari O.Nasriddinxo‘jayev hamda AQShning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Henik foydali qazilmalar bo‘yicha hamkorlikni mustahkamlash maqsadida muhim xomashyo sohasida (CRM) o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.
Foydali qazilmalar bo‘yicha muloqotni boshlash borasidagi ilk qadamlar esa 2023 yil sentyabrda Nyu-York shahrida ikki davlat rahbarlarining yuqori darajadagi uchrashuvida qo‘yilgan edi.
«Mazkur memorandum Amerika Qo‘shma Shtatlari va O‘zbekistonning o‘sha sa’y-harakatlarni ilgari surish, iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash yo‘lidagi dastlabki odimlaridan biri bo‘ldi.
Kelishuvdan ko‘zlangan maqsad mamlakatlar o‘rtasida muhim xomashyo sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash, boshqa yo‘nalishlardagi aloqalarni ham rivojlantirishdan iborat», – deyiladi Kon-geologiya vazirligi axborot xizmati xabarida.
Qayd etilishicha, ushbu hujjat muhim xomashyo sohasida AQSh – O‘zbekiston muloqotining davom etishiga, geologiya qidiruv, qazib olish va yuqori qiymatli mahsulot zanjirini yaratish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter