Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Pokiston yuridik kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishda hamkorlik qiladi

O‘zbekiston va Pokiston yuridik kadrlar tayyorlash va malakasini oshirishda hamkorlik qiladi

Foto: Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Joriy yilning 25-sentyabr kuni O‘zbekiston va Pokiston Islom Respublikasi Adliya vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Adliya vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi xabar berdi. 

Memorandum bilan fuqarolarning huquqiy ongi va madaniyatini yanada oshirish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, norma ijodkorligi, yuridik xizmatlar ko‘rsatish, yuridik kadrlarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish va o‘zaro manfaatli boshqa yo‘nalishlarda hamkorlik qilish ko‘zda tutilgan.

Adliya vaziri R.Davletov mazkur memorandumning imzolanishi ikki mamlakat adliya organlari o‘rtasidagi ikki tomonlama hamkorlik rivojiga yangi turtki berishini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, 2017-yilda Pokiston va Hindiston Shanxay hamkorlik tashkilotining teng huquqli a’zosi maqomiga ega bo‘ldi. Pokiston Adliya vazirligi delegatsiyasi ilk bor 2017-yil 18-20-oktyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan ShHT adliya vazirlari majlisida ishtirok etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring