Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston va Qatar o‘yini kuni Chilonzordagi ayrim ko‘chalar yopiladi

O‘zbekiston va Qatar o‘yini kuni Chilonzordagi ayrim ko‘chalar yopiladi

Foto: Toshkent shahar IIBB

10-iyun kuni O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasida futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanidagi ayrim ko‘chalarda soat 16:00 dan tadbir to‘liq tugaguniga qadar avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadigan ko‘chalar:

  • Chilonzor va Cho‘pon ota ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘pon ota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘pon ota — Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Chilonzor va KHAY ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor — Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
  • Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi: KHAYdan — Muqimiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Shuningdek, tadbir davomida quyidagi ko‘chalarda harakat vaqt-vaqti bilan qisman cheklanadi:

  • Alisher Navoiy — Furqat ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Sebzor — Ganga ko‘prigidan Furqat ko‘chasi tuneliga tushishdan cheklanadi;
  • Zarqaynar ko‘chasi tuneliga tushish cheklanadi;
  • Bunyodkor ko‘chasi Kamolon ko‘prigi ostida cheklanadi;
  • Bunyodkor ko‘chasi 2-darajali asosiy yo‘lga chiqish Ozarboyjon elchixonasi asosiy yo‘liga chiqishdan cheklanadi;
  • Qatortol — Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Chilonzor — Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Bunyodkor — KHAY ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Bunyodkor 2-darajali yo‘li — Qatortol ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Chilonzor — Cho‘pon ota ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Bunyodkor — Gavhar ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • THAY — Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
  • Erkin YPX maskanidan og‘ir yuk mashinalari harakati cheklanadi;
  • Cho‘ponota — Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring