O‘zbekiston va Qatar o‘yini kuni Chilonzordagi ayrim ko‘chalar yopiladi

10-iyun kuni O‘zbekiston va Qatar terma jamoalari o‘rtasida futbol bo‘yicha Jahon chempionati saralash bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanidagi ayrim ko‘chalarda soat 16:00 dan tadbir to‘liq tugaguniga qadar avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Avtotransport vositalari harakati to‘liq cheklanadigan ko‘chalar:
- Chilonzor va Cho‘pon ota ko‘chalari chorrahasidan, Cho‘pon ota ko‘chasi bo‘ylab, Cho‘pon ota — Qatortol ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Chilonzor va KHAY ko‘chalari chorrahasidan, Chilonzor ko‘chasi bo‘ylab, Chilonzor — Muqimiy ko‘chalari kesishgan chorrahasigacha bo‘lgan qismi;
- Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi: KHAYdan — Muqimiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.
Shuningdek, tadbir davomida quyidagi ko‘chalarda harakat vaqt-vaqti bilan qisman cheklanadi:
- Alisher Navoiy — Furqat ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
- Sebzor — Ganga ko‘prigidan Furqat ko‘chasi tuneliga tushishdan cheklanadi;
- Zarqaynar ko‘chasi tuneliga tushish cheklanadi;
- Bunyodkor ko‘chasi Kamolon ko‘prigi ostida cheklanadi;
- Bunyodkor ko‘chasi 2-darajali asosiy yo‘lga chiqish Ozarboyjon elchixonasi asosiy yo‘liga chiqishdan cheklanadi;
- Qatortol — Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
- Chilonzor — Cho‘ponota ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
- Bunyodkor — KHAY ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
- Bunyodkor 2-darajali yo‘li — Qatortol ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
- Chilonzor — Cho‘pon ota ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
- Bunyodkor — Gavhar ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
- THAY — Bunyodkor ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;
- Erkin YPX maskanidan og‘ir yuk mashinalari harakati cheklanadi;
- Cho‘ponota — Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter