Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston zaxiralari rekord darajaga yetdi

O‘zbekiston zaxiralari rekord darajaga yetdi

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari aprel oyida 745,3 million dollarga ortib, 35,9 milliard dollarga yetdi. Bu Markaziy bank tomonidan 2013 yildan beri oltin-valyuta zaxiralari bo‘yicha statistik ma’lumotlarni e’lon qilinishi boshlangan davrdagi rekord ko‘rsatkichdir.

O‘sish, asosan, oltin zahiralari qiymatining 444,2 million dollarga oshib, 21,3 milliard dollarga yetgani hisobiga sodir bo‘ldi. Shu bilan birga, ularning jismoniy hajmi ham 0,2 million unsiya (6,2 tonna), yani 11,1 million unsiyaga (taxminan 345,2 tonna) oshdi.

Xorijiy valyuta zaxiralari aprel oyida 331,3 million dollarga oshib, 13,5 milliard dollarga yetdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring