O‘zbekistonda 12,5 mingta xorij korxonalari faoliyat yurityapti

2025-yilning 1-iyul holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 16 685 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ulardan 4 124 tasi qo‘shma va 12 561 tasi xorijiy korxonalardir.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,2 foizga oshgan.
Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni davlatlar kesimida quyidagicha:
- Xitoy – 4 192 ta
- Rossiya – 3 098 ta
- Turkiya – 2 007 ta
- Qozog‘iston – 1 157 ta
- Janubiy Koreya – 687 ta
- Afg‘oniston – 680 ta
- BAA – 374 ta
- Hindiston – 333 ta
- AQSh – 321 ta
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter