O‘tgan yilga nisbatan 4,9 mlrd. kVt ko‘p elektr energiyasi ishlab chiqarildi — Statqo‘m

O‘zbekistonda 2021-yilning yanvar–oktyabr oylarida yirik korxonalar tomonidan 57,1 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
O‘tgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 4,9 mlrd. kVt soatga oshgan. O‘sish sur’ati 9,4 foiz.
Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida:
- Toshkent viloyati – 23,2 foiz;
- Sirdaryo viloyati – 22,2 foiz;
- Qashqadaryo viloyati – 19 foiz;
- Navoiy viloyati – 16,1 foiz.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Energetika vazirligi mamlakatda yuzaga kelgan elektr tanqisligi sababini ma’lum qilgandi.
Bundan tashqari vazirlik ilk bor toshkentlik fuqaro davlatga elektr energiyasi sotayotganini xabar bergan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter