O‘zbekistonda 4,2 mln kishi pensiya olmoqda

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yilda O‘zbekiston Respublikasida pensiya oluvchilarning umumiy soni 4,2 mln kishini tashkil etgan.
Ko‘rsatkich 2023-yilga nisbatan 93,9 ming kishiga yoki 2,3 foizga oshgan.
Pensiya oluvchi shaxslar soni yillar kesimida quyidagicha:
- 2020-yilda — 3 612,6 ming nafar
- 2021-yilda — 3 785,3 ming nafar
- 2022-yilda — 3 976,9 ming nafar
- 2023-yilda — 4 152,6 ming nafar
- 2024-yilda — 4 246,4 ming nafar
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter