Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi

«O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida»gi Prezident farmoni qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekistonda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish 2026-yil 15-yanvar holatiga ko‘ra 2026-yil 15-yanvardan 28-fevralga qadar o‘tkaziladi.

Ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazishni tashkil etish bo‘yicha respublika komissiyasi tuziladi.

Ro‘yxatga olish tadbiri “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini 2025-yil 15-dekabrdan 2026-yil 1-martgacha bo‘lgan davrda jalb etish orqali o‘tkaziladi.

Bunda O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Milliy statistika qo‘mitasi hamda mas’ul idoralar bilan birgalikda “mahalla yettiligi” tizimi xodimlarini planshetlardan foydalangan holda ro‘yxatga olish tadbiri o‘tkazilishini ta’minlaydi.

Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlari 2026-yil 15-yanvardan 31-yanvargacha o‘z tizimida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlarning census.stat.uz portalida ro‘yxatdan o‘tishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, tuman (shahar)larda ro‘yxatga olish shtablari tashkil etiladi va ularning faoliyati nazorat qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring