Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda armiya qo‘l jangi chempionati o‘tkazildi

O‘zbekistonda armiya qo‘l jangi chempionati o‘tkazildi

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi sport majmuasida Armiya qo‘l jangi bo‘yicha MDH a’zo davlatlar do‘stona armiyalarining spartakiadasi doirasida o‘tkaziladigan armiya qo‘l jangi chempionatiga saralash musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, unda barcha harbiy okruglar, Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari hamda Toifalangan ob’yektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonliklari, shuningdek, respublikamizdagi oliy harbiy ta’lim muassasalari vakillari o‘zaro bellashgan.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Yakuniy natijalarga ko‘ra, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi terma jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ikkinchi pog‘ona esa Markaziy harbiy okrugi jamoasiga nasib etdi. Chempionatning mutlaq g‘olibiga Toshkent harbiy okrugi harbiylari ega chiqdi.

Ta’kidlash joizki, o‘tgan yili Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlar do‘stona armiyalarining spartakiadasi doirasida Toshkentda o‘tkazilgan Armiya qo‘l jangi chempionatida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi hariylari umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Bu yilgi xalqaro darajadagi musobaqa Qozog‘istonda o‘tkazilishi kutilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring