Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda bo‘lib turgan afg‘on uchuvchilari taqdiri nima bo‘ladi?

O‘zbekistonda bo‘lib turgan afg‘on uchuvchilari taqdiri nima bo‘ladi?

O‘zbekistonda bo‘lib turgan Afg‘oniston harbiy havo kuchlarining bir guruh uchuvchilari oilalari bilan shu hafta oxirida Amerika harbiy bazasiga o‘tkaziladi. Bu haqda Wall Street Journal o‘z manbalarga asoslanib ma’lum qilmoqda.

OAVga ko‘ra, AQSh hamda O‘zbekiston o‘rtasida tegishli kelishuvga erishgan.

Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari uchuvchilari toliblar hokimiyatga kelganidan so‘ng, qarindoshlari bilan samolyotlar va vertolyotlarda O‘zbekistonga qochib o‘tishgandi.

Uchuvchilarning o‘zi, Tolibon barcha amaldorlar va harbiylarga va’da bergan amnistiyaga qaramay, o‘zlari va oilalari xavfsizligidan qo‘rqishmoqda.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda jami 585 afg‘on uchuvchisi, ekipaj a’zolari va ularning qarindoshlari bor. Bu odamlar «AQShning Dohadagi harbiy bazasiga uchib ketishi» kutilmoqda, lekin ular AQShga yoki boshqa joyga borishi hozircha aniq emas.

O‘zbekistonda Afg‘onistondan oldin kelgan 46 ta harbiy samolyot va vertolyotlar bor, ularning keyingi taqdiri noma’lum.

Tolibon samolyotlarni Afg‘onistonga qaytarishga chaqirmoqda, lekin bunga AQSh qattiq qarshilik ko‘rsatishi mumkin, deydi gazeta.

Shuningdek, Tolibon vakili Suhail Shahin qochgan afg‘on uchuvchilarining mamlakatga qaytish zarurligini e’lon qilgan.

«Uchuvchilar o‘z yurtlariga qaytishlari kerak, ular mamlakatga kerak», - degan Shahin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring