O‘zbekistonda «Dubay shokoladi»da xavfli bakteriyalar aniqlandi

O‘zbekistonda sotilayotgan «Dubay shokoladi»da Koli guruhidagi bakteriyalar (BGKP) va «Salmonella 25 g» bakteriyasi aniqlandi.
Bu Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasining «Eco bozor»ning Beruniy filiali savdo nuqtalarida sotilayotgan «Fix dessert chocolatier» brendi ostidagi Dubay shokolad mahsulotlari ustidan olib borilgan nazorat xarididan so‘ng ma’lum bo‘lgan.
Tanlab olingan mahsulotlar sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash maqsadida «O‘zTest» DM sinov laboratoriyasiga topshirilgan va bayonnoma natijalariga ko‘ra quyidagi nomuvofiqliklar aniqlangan:
Mezofil aerob va fakultativ anaerob bakteriyalar (MAFAM), shuningdek, achitqi zamburug‘larining yuqori darajadagi mavjudligi;
Koli guruhidagi bakteriyalar (BGKP) va «Salmonella 25 g» bakteriyasining mavjudligi, bu esa me’yoriy hujjatlarda qat’iyan taqiqlangan.
Qayd etilishicha, bunday ko‘rsatkichlar inson salomatligi uchun xavfli, xususan, allergik kasalliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Shuningdek, mahsulotning tashqi ko‘rinishi ham texnik reglament talablariga javob bermaydi, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter