Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda eng ko‘p qo‘y va echki boqiladigan hududlar aytildi

O‘zbekistonda eng ko‘p qo‘y va echki boqiladigan hududlar aytildi

2024-yilning 1-yanvar holatiga, respublikamizda boqilayotgan jami qo‘y va echkilar soni 24,1 milliontaga yetdi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga ko‘p.

Hududlar kesimida esa Qashqadaryo (5 mln 27,4 ming bosh), Samarqand (2 mln 659,5 ming bosh) va Surxondaryo (2 mln 582,3 ming bosh) viloyatlari bu boradagi dastlabki uchtalikda bo‘lsa, keyingi o‘rinlarda Buxoro (2 mln 501,9 ming bosh), Navoiy (2 mln 427,4 ming bosh) va Jizzax (2 mln 347,1 ming bosh) viloyatlari qayd etilgan.

So‘nggi uchtalikni esa Namangan (852,1 ming bosh), Xorazm (497,2 ming bosh) va Sirdaryo (394,2 ming bosh) viloyatlari yakunlagan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring